35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining
янв.21
Deputatlar va kotibiyat xodimlari tomonidan "Beshqahramon" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat okrugidagi maktabda 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan birgalikda hashar tashkil etdi.
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallada ko‘chama-ko‘cha aylangan holda muammolarni  o'rgandi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.
Tuman markaziy stadionida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi.

 Tuman markaziy stadionida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi. 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari R.Nodirov, B.Sharipov, Sh.Djo‘raev, M.Xakimova,
D.Sodiqova, Xalq deputatlari Quva tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhini
a’zolari M.Muxamadov, O.Burxonov, F.Mirzakarimov, D.Baxtiyorova hamda O‘zLiDeP Quva
tuman Kengashi apparati rahbari Yu.Abdullaevalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 6 martdagi 8-son bayoni bilan tasdiqlangan “Farg‘ona
viloyati Quva tumanini jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan
loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 03-03/1-778-son Qarori ijrosi doirasida
tuman markaziy stadionida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. 

Mazkur loyihaning qiymati 3 milliard 199 million 170 ming so‘mni tashkil etib, qurilish-ta’mirlash
ishlari “Mirzo Saodat” MChJ tomonidan amalga oshirilgan. 

O‘rganishlar jarayonida deputatlar asosiy e’tiborni stadiondagi olib borilgan ishlarning sifati,
maydon infratuzilmasini yangilash holati, tribunalarning bugungi holati hamda yoshlar
va sportchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarga qaratildi. 

O‘rganish ishlari davomida bir qator kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, mazkur qurilish-ta’mirlash ishlariga
huquqiy baho berish zarurligidan kelib chiqib, yig‘ilgan materiallarni tuman prokuraturasiga
taqdim etishga kelishib olindi.  

Slide 1 of 8