Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Ramazon –saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi.
янв.21
DEPUTAT-TA’LIM MUASSASASINING SHAROITLARINI O‘RGANDI.
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi hamda “Madad” NNT Qumqo‘rg‘on tumani vakili o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda:
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar:
янв.21
Tomorqachilik va issiqxona xo‘jaligi — barqaror daromad va farovonlik manbai
янв.21
Deputat mahallada dasturlar ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Deputatlar tuman FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holatini o‘rganishdi.
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati R.Amanova Sho‘roqyer mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazdi.

       Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati R.Amanova Sho‘roqyer mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazdi.

      Shuningdek Tadbir davomida mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari chuqur tahlil qilindi. Aholi bilan muloqot chog‘ida jinoyatlarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni kuchaytirish, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

       Uchrashuv jarayonida deputat mahalladagi mavjud muammolarni bevosita o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi. Mahalla yettiligi a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, yoshlar bilan ishlash, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berish va hududni obodonlashtirish borasidagi faoliyat ham muhokama qilindi.

      Shuningdek, R.Amanova mahalla hududida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, mazkur bog‘chaning moddiy-texnik bazasi, ayniqsa qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik tizimi bilan ta’minlanganlik holati bilan yaqindan tanishdi. muassasa rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, isitish tizimi samaradorligi, muassasadagi sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumot olindi.

Slide 1 of 9