Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Ramazon –saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi.
янв.21
DEPUTAT-TA’LIM MUASSASASINING SHAROITLARINI O‘RGANDI.
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi hamda “Madad” NNT Qumqo‘rg‘on tumani vakili o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda:
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar:
янв.21
Tomorqachilik va issiqxona xo‘jaligi — barqaror daromad va farovonlik manbai
янв.21
Deputat mahallada dasturlar ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Deputatlar tuman FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holatini o‘rganishdi.
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar.
Tumanda tomorqalardan samarali foydalanish masalalari deputatlar tomonidan o‘rganildi

Tumanda tomorqalardan samarali foydalanish masalalari deputatlar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputatlari tumandagi imtiyozli kreditlar evaziga barpo etilgan issiqxonalardan samarali foydalanish holati hamda aholi tomorqalaridan unumli foydalanish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulot turlari, hosildorlik darajasi, yaratilgan ish o‘rinlari, ishlab chiqarish jarayonining samaradorligi hamda kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi tomorqalaridan foydalanish holati, ekin maydonlarining samaradorligi, tomorqalarda tashkil etilgan issiqxonalar, aholining bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

Deputatlar tomonidan issiqxonalar faoliyatini yanada kengaytirish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, tomorqalardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4