Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati K.Turdiqulov saylangan hududidagi “Bodomzor” mahallasida saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, hududni rivojlantirish, ijtimoiy muammolar hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va murojaatlar tinglandi.
Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Suhbat ochiq va samimiy ruhda o‘tib, saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Deputat o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng mahalla hududida joylashgan ijtimoiy soha ob’ektlariga (maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari) borib, u yerda ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, deputat uchrashuvda saylovilar tomonidan qilingan murjaatlarni joyiga borgan holda o‘rgandi.