Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat “Deputatlik so‘rovi” ijrosi natijasi bilan tanishdi.
янв.21
Xonadondagi issiqxona xo‘jaligi — barqaror daromad va farovonlik manbai.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Ramazon –saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi.
янв.21
DEPUTAT-TA’LIM MUASSASASINING SHAROITLARINI O‘RGANDI.
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi hamda “Madad” NNT Qumqo‘rg‘on tumani vakili o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda:
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar:
янв.21
Tomorqachilik va issiqxona xo‘jaligi — barqaror daromad va farovonlik manbai
янв.21
Deputat mahallada dasturlar ijrosini o‘rgandi.
XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O'N TO’QQIZINCHI SESSIYASI

Bugun Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to’qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida deputatlar korpusi tarkibidagi 20 nafar deputatdan 18 nafari ishtirok etib, majlis qonuniyligi uchun zarur bo‘lgan kvorum ta’minlandi.

🔹 Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari rahbarlari, tumandan saylangan viloyat va tuman Kengashi deputatlari, tumandagi bir qator tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

🔹 Sessiyada dastlab 20-Oqtepa saylov okrugidagi deputatlik saylovi yakunlari ko‘rib chiqilib, mazkur okrugdan tuman hokimi Soxib Islamov deputat etib saylangani ma’lum qilindi.

🔹 Shuningdek, sessiyada tuman prokurori Ulug‘bek Shonazarov hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilishi omillarini bartaraf etish va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida xisobot berdi. 

🔹 Bundan tashqari sessiyada Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Asat Ergashev Forish tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b. A.Qurbonbekovning 2026-yil 28-yanvardagi 05-09-sonli xatida ko‘rsatib o‘tilgan masalani o‘rganish natijalari haqida axborot berdi.

🔹 Shu bilan birga, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig’i o‘rinbosari Baxtiyor Norbekovning Forish tumani mahalliy byudjetining 2026-yil qo‘shimcha manbalari mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida axboroti tinglandi.

🔹 20-Oqtepa saylov okrugidagi deputatlikka saylangan tuman hokimi Soxib Islamov tumanda 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi va barchani kirib kelgan Ramazon oyi bilan tabrikladi.

🔹 Sessiyada muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 6