Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Ramazon –saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi.
янв.21
DEPUTAT-TA’LIM MUASSASASINING SHAROITLARINI O‘RGANDI.
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi hamda “Madad” NNT Qumqo‘rg‘on tumani vakili o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda:
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar:
янв.21
Tomorqachilik va issiqxona xo‘jaligi — barqaror daromad va farovonlik manbai
янв.21
Deputat mahallada dasturlar ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Deputatlar tuman FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holatini o‘rganishdi.
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar.
Deputatning bir kuni

Deputatning bir kuni

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Rajabova tomonidan "Do‘stlik" mahallasi aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolarini bevosita tinglash hamda ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar, yer ajratish, tibbiy xizmat sifati hamda infratuzilma masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga qonuniy tartibda so‘rov yuborilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi. Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Deputat tomonidan kelgusida ham aholi bilan muntazam ravishda individual va ommaviy uchrashuvlar o‘tkazilishi, fuqarolarning muammolarini hal etishda faol ishtirok etilishi ta’kidlandi.    

Slide 1 of 1