Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Qo'ldoshev tomonidan saylov okrugida ijtimoiy xodim hamda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O'rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash, muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.
Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar va fuqarolar murojaatlari yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.