Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
KOTIBIYAT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH - MAHALLIY KENGASH FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
INSON MANFAATLARI USTUVOR - IJTIMOIY HIMOYA DAVLAT SIYOSATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” – mahalliy davlat hokimiyatini isloh qilishning yangi bosqichi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT (TUMAN, SHAHAR) KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI HAQIDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN MUNTAZAM UCHRASHUVLAR – DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Zomin tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengashi deputati hududdagi ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengashi deputati tomonidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati N.Oxunova tomonidan DMTTlarda monitoring tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
OCHIQ BOSHQARUV XALQ MANFAATLARINING MUSTAHKAM KAFOLATI
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

📌 2026-yil 26-iyun kuni Kengashlar uyi binosida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyani viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatov olib bordi.

✍️Sessiyada viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

🔤Sessiya davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sanitariya-gigiyena tizimini takomillashtirish, yer munosabatlari, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, investitsiya loyihalari hamda davlat boshqaruvini takomillashtirishga oid qator masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

➡️ Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

• Ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘yidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi R.R. Kurbanovning hisoboti;

• O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish;

• Viloyat mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish;
• Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishga ruxsat berish;

• Kattaqo‘rg‘on tumani Melixo‘ja mahallasi hududida **"Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat zonasi"**ni tashkil etish;

• Samarqand viloyatidagi bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari;

• Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

🤝 Sessiyada kun tartibidagi barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Mazkur qarorlar hududni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiyalarni jalb etish hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10