Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN MUNTAZAM UCHRASHUVLAR – DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Zomin tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengashi deputati hududdagi ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengashi deputati tomonidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati N.Oxunova tomonidan DMTTlarda monitoring tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
OCHIQ BOSHQARUV XALQ MANFAATLARINING MUSTAHKAM KAFOLATI
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati E.Eshkuziyev tomonidan “Zomin tuman Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
JAMOATCHILIK MUHOKAMASIGA QO‘YILDI
янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Siyobcha mahalla fuqarolar yig'inida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuvning asosiy maqsadi hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, aholi fikr va takliflarini tinglash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Muloqot jarayonida mahalladagi yo‘l, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, ijtimoiy soha va fuqarolar murojaatlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlari, saylovchilar bilan ishlash tizimi va mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Mahalla faollari tomonidan ilgari surilgan takliflar va ko‘tarilgan muammolar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etishda tegishli tashkilotlar hamda deputatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Bildirilgan barcha taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrini eshitish va muammolariga yechim topish — hududlar taraqqiyoti hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim shartidir.