Tuman deputati Xasan Kuldashov “Uchturg‘on” mahallasida joylashgan 5- va 41-maktablarda bo‘ldi.
⚫️Xususan, 5-maktabda dual ta’lim uchun alohida xona ajratilgan, biroq hozircha stanoklar va zarur jihozlar bilan ta’minlanmagan.
⚫️41-maktabda esa qurilish-ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetib qolgan. Faqat issiqlik tizimi shu hafta yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan. Maktab jamoasi yangi o‘quv yili uchun mebel va boshqa jihozlarni kiritmoqda. Shu bilan birga, dual ta’lim bo‘yicha loyiha doirasida maxsus xona ajratilmagan hamda zarur jihozlar mavjud emasligi ma’lum qilindi. Jihozlar yetkazib berilgach, dual ta’lim yo‘nalishlari tashkil etilishi ta’kidlandi.