“Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi deputati N.Saydoripov “Chavlisoy” MFY rayisi Q.Axmedovlar tomonidan 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati joyida o‘rganildi.
Ushbu o‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan “Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilayotganligi kuzatildi.
Ayni paytda ta’lim muassasasida voleybol , shaxmat va shashka, rasm chizish, stol tennisi, futbol yo‘nalishlarida to‘garaklar faoliyat yuritmoqda