Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
#MUNOSABAT
янв.21
Bugun mamlakatimizda biznes muhiti tubdan o‘zgardi.
янв.21
#МУНОСАБАТ
янв.21
Янги агентликка кенгаш билан биргаликда тадбиркорлар билан мулоқот қилиб, таннарх, ишлаб чиқариш ва экспорт бўйича ечимлар ишлаб чиқиш, “божхона ҳудудида қайта ишлаш” режими орқали тайёр маҳсулот экспортини 2 баробарга ошириш, кооперацияни кучайтириб, паст қувватда ишлаётган корхоналарни соғломлаштириш чораларини кўриш топширилди
янв.21
Жаҳонда савдо қоидаларининг тез ўзгариши ёки логистикадаги узилишлар тўхтамаётгани шароитида тўқимачилик тармоғини ривожлантиришга алоҳида ёндашувлар зарурлиги қайд этилди.
янв.21
Европа ва АҚШ бозорига тайёр кийим-кечак экспортини кенгайтириш, тармоқда стандартлаштириш ва рақамлаштириш ишларини кучайтириш муҳимлиги таъкидланди.
янв.21
Ўтган йилда 5 миллион доллардан ортиқ экспорт қилган 55 та корхонанинг ҳар бирида камида 200 нафардан ишчи ишламоқда. Лекин бу корхоналар асосан вилоят марказларида ва саноати ривожланган туманларда жойлашган.
янв.21
Президент ишлаб чиқариш ва экспортни оширишга қаратилган ташаббусларни илгари сурди.
янв.21
Ўз ходимларининг фарзандлари учун боғча ташкил қилган тўқимачилик соҳаси корхоналарига хусусий боғчалардаги каби ҳар бир тарбияланувчи бўйича субсидия ажратилади.
янв.21
Тижорат кредитидан 2,2 миллиард доллар мажбурияти бор бўлган 144 та корхонани соғломлаштириш чоралари ишлаб чиқилади. Фаолиятини барқарорлаштириш мумкин бўлган корхоналарнинг кредит муддати 7 йилгача узайтириб берилади.
AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA HAL ETISH — DEPUTATLAR UCHRASHUVI VA SAMARALI HAMKORLIK NEGIZIDA

 AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA HAL ETISH — DEPUTATLAR UCHRASHUVI VA SAMARALI HAMKORLIK NEGIZIDA 

Oltinsoy tumanida aholi turmush sharoiti, ijtimoiy masalalar va mahalliy muammolarni o‘rganish, ularga aniq yechim topish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbir joylarda xalq bilan yaqin muloqotni ta’minlash, aholi dard-u tashvishlarini eshitish va ularni tezkor hal etishga qaratilgan islohotlar doirasida amalga oshirilmoqda. 

Uchrashuvda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi Maxmatrayemov Bahrom Omonovich, tuman Kengashi deputati Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna, shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari va tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. 

Tadbir davomida mahalliy aholi tomonidan bir qator muhim masalalar — yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr energiyasidagi uzilishlar, ishsizlik, yoshlar bandligi, tibbiy xizmat sifati va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida o‘rganilib, unga mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. 

Ayniqsa, yo‘l va infratuzilma, suv ta’minoti kabi dolzarb masalalar bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganish ishlari tashkil etildi. Mutasaddi tashkilotlar rahbarlari muammolarni ko‘zdan kechirib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilab olishdi. 

Uchrashuvda so‘zga chiqqan deputatlar aholining muammolarini eshitish va ularni hal etish — xalq vakillari zimmasidagi asosiy vazifa ekanini alohida ta’kidlashdi. Shu bilan birga, har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, hal etilishi kerak bo‘lgan muammolar bo‘yicha manzilli rejalar ishlab chiqilishi aytib o‘tildi. 

Bunday uchrashuvlar, avvalo, joylardagi haqiqiy holatni aniqlash, aholi dardini eshitish va xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkonini yaratadi. Shu bois, bu kabi tadbirlar kelgusida ham muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. 

Jamiyatdagi har bir muammo yechimli, agar u eshitilsa va to‘g‘ri yondashuv bilan hal qilinsa. Oltinsoy tumanida o‘tkazilgan bu kabi uchrashuv — xalq bilan yaqin bo‘lish, muammolarga befarq bo‘lmaslik va ularni amaliy ishlar orqali hal etishga xizmat qilmoqda. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 7