✅Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-“O‘rikzor” saylov okrugi deputati N. Bayzakova tomonidan “Chinor” mahallasidagi savdo do‘konlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
✅O‘rganish jarayonida savdo shoxobchalarida sotilayotgan mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari hamda do‘konlarning sanitariya va tozalik holati ko‘zdan kechirildi.
✅Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, savdo faoliyatini yanada yaxshilash, iste’molchilar uchun sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berishni ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.