Jańalıqlar

#Doimiy_komissiya_yig‘ilishi

#Doimiy_komissiya_yig‘ilishi

🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔰Yig‘ilishda Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

🔰Muhokama davomida, umumta’lim maktablarida tashkil etilgan inklyuziv ta’lim sinflarini “To‘siqsiz muhit” talablari asosida moslashtirish, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun zarur mebel, jihoz va asbob-uskunalar bilan ta’minlash maqsadida Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

🔰Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirilib, tegishli qaror qabul qilindi.                                                               

Slide 1 of 4