✨Nazorat jarayonida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, intellektual hamda jismoniy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi ko‘zdan kechirildi.
✨Deputat tomonidan dastur tadbirlarining sifatli va samarali tashkil etilishi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ularni ijtimoiy faollikka keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨“Dolzarb 90 kun” dasturi yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda kelajakda munosib kasb egasi bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.