Jańalıqlar

#deputatlik_faoliyati

🔰Bugungi kunda deputatlarning aholi bilan bevosita muloqoti — xalq roziligini ta’minlashning eng muhim mezoniga aylanmoqda. Zangiota tumanida ham bu borada samarali tizim yo‘lga qo‘yilgan.

🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 6-okrug deputati T. Xoliqov hamda 9-okrug deputati A. Shapovalov hamkorlikda “Bog‘zor”, “Fayz” va “Bo‘ston” mahallalarida istiqomat qiluvchi, takroriy murojaat yo‘llagan fuqarolar bilan yakka tartibda uchrashuvlar o‘tkazdilar.

🔰Ko‘tarilgan ijtimoiy va maishiy masalalar o‘rganish jarayonidayoq o‘z yechimini topdi.

🔰Maqsadimiz — har bir murojaat ortida inson taqdiri mujassam ekanini chuqur his etgan holda, muammolarni qog‘ozda emas, amalda hal etishdir.

https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi

Slide 1 of 5