Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Batirxan Kushkarbekov o‘z saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan hududdagi dolzarb masalalar — ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, bandlikni ta’minlash hamda aholi turmush darajasini oshirishga oid taklif va murojaatlar muhokama qilindi.
Deputat saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tinglab, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilanishini ta’kidladi. Shuningdek, ayrim masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish kelishib olindi.