✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 4-okrug deputati O‘.Jo‘rayev tomonidan "Yangi bo‘zsuv" mahallasidagi 33-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
✨ O‘rganish davomida muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, guruh xonalarining jihozlanishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
✨O‘rganish jarayonida muassasa xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
✨Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi