Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat va yoshlar maslahat guruhi a’zosi – bilimli yoshlar uchun yangi imkoniyat yaratdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Isakulov Abbos hamda yoshlar maslahat guruhi a’zosi Komiljon Rahmatullayev tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Zakovat” bilimdonlar o‘yini tashkil etildi.

Tadbirda hudud yoshlari faol ishtirok etib, turli sohalarga oid savollarga javob berish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. O‘yin jarayoni qiziqarli va murosasiz bahslar ostida o‘tib, ishtirokchilarda jamoaviy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va intellektual salohiyatni oshirishga xizmat qildi.

Yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish muhim vazifadir.

Slide 1 of 4