Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📗Bugun Zangiota tumanidagi 32-umumiy o‘rta taʼlim maktabida xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi 30-Erkin saylov okrugi deputati Saidov Toxir To‘lanbayevich, 31-Zangiota okrugidan saylangan deputat Fayziyev To‘lqinjon Obidovich, hamda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 8-okrug deputati Muxitdinova Nilufar Tulkinovna yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, maktabdagi sharoitlar bilan tanishdilar.
янв.21
#Deputat_nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 1-okrug deputati A.Saydaхmedov tumandagi 36-maktabda bolalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport zallari, sinf xonalari, ularning jihozlari holati hamda hozirgi kundagi muammolar yuzasidan o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
#Deputat_nazorati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, doimiy komissiya a’zolari F.Axmedov va A.Mannobov hamda kotibiyat xodimlari tomonlaridan tumanda ko‘p qavatli uylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, uylar atroflarini obodonlashtirish va piyodalar yo‘laklarini qurish bo‘yicha “Titan Maxima” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida boshqaruv servis kompaniyasi mas’ullari tomonidan 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar bildirildi. Bildirilgan takliflar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida muhokama qilindi.

Hududda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7