Jańalıqlar

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 1-okrug deputati A.Saydaхmedov tumandagi 36-maktabda bolalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport zallari, sinf xonalari, ularning jihozlari holati hamda hozirgi kundagi muammolar yuzasidan o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar, o‘quv jarayonini yanada yaxshilash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. O‘qituvchilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2