Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Mahallada uyma-uy yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov  Kengashning 12-"Obod yurt" saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, deputatlik nazorati doirasida navbatdagi uyma-uy o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

uyma-uy o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammolar deputatning murojaatlar jurnaliga qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 1