Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda

 Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaviy savol doirasida mahalla ichki ko‘chalarining holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati U. Fayziyeva tomonidan Olmazor tumani Bostonobod MFY, Qora qamish 2/1 daxasi 29 a uyning oldida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘l-qurilish ishlari sifati, belgilangan me’yor va talablar asosida amalga oshirilishi, shuningdek, ishlarning o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📌 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori doirasida belgilangan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash yo‘nalishlariga hamohangdir.

Asfaltlashtirish ishlari mahalla aholisiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, ichki ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etishga xizmat qiladi.

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7