Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
Kengash_faoliyati

#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#Murojaat_va_ijro
#savolnoma_asosida
#Deputat_nazorati

FHDYO BO‘LIMIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 12-“Obod yurt” saylov okrugidan saylangan deputat Allamuratova Nodira Bozorovna tomonidan tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Davlat xizmatlari sifati: FHDYO bo‘limiga tashrif buyurayotgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi, navbatlarni tartibga solish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining tezkorligi;

Murojaatlar ijrosi: Aholi tomonidan takroran yoki joyida berilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi;

Savolnoma va nazorat: Belgilangan savolnoma asosida bo‘lim xodimlarining fuqarolar bilan muloqot madaniyati hamda sohaviy qonun hujjatlari ijrosining ta’minlanish darajasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolari va takliflari tinglandi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1