Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati

Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 17-limonzor saylov okrugidan deputat S.Shaydilov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov Bandixon tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 39-oilaviy poliklinikaning “Limonzor” filialiga tashrif buyurib, "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (1996-yil 29-avgust, 265-I-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlarining faoliyati, profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaning 9-bandi — bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan ham o‘rganish o‘tkazildi. Unda muassasada mavjud dori vositalari zaxirasi, ularning aholiga belgilangan tartibda va o‘z vaqtida yetkazib berilishi, hisobini yuritish hamda dori-darmon ta’minotidagi mavjud holat tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1