Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Dehqon mahallasida xonadonlarni o‘rganish davomida aniqlangan muammolar va ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari mahalla yettiligi bilan birgalikda muhokama qilindi.

Muhokamada xalq deputatlari Navoiy viloyati va Karmana tumani Kengashlari deputatlari tomonidan ijtimoiy reyestrdagi oilalarning daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Jumladan, oilalarning mavjud imkoniyatlarini o‘rganish, mehnatga layoqatli a’zolarini ish bilan ta’minlash, daromad manbalarini shakllantirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali ularning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, har bir oilaning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, muammolarni manzilli hal etish, mahalla yettiligi va deputatlar hamkorligini kuchaytirish hamda berilgan tavsiyalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar oilalarning farovonligini oshirish, ularning mustaqil daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan.

Slide 1 of 2