Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

 

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiytat mudiri Asqar Baxramov tomonidan Sutbuloq MFY hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarning darslarga qatnashishi, dars mashg‘ulotlarining belgilangan jadval asosida olib borilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.

📚 Shuningdek, fan xonalari va sinf xonalarining jihozlanganligi, mavjud mebel va o‘quv jihozlari, kompyuter texnikalari hamda maktabning umumiy moddiy-texnik bazasi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
👩‍🏫 O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, darslarni sifatli tashkil etish, o‘zlashtirishi past o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
❄️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Jumladan, maktabning isitish tizimi, issiqlik tarmoqlari, deraza va eshiklarning holati hamda qish mavsumida o‘quvchilar uchun zarur haroratni ta’minlash imkoniyatlari o‘rganildi.
📌 O‘rganish yakunida maktabda ta’lim sifatini yanada oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
✅ Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3