Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova Narpay mahallasida bo‘lib, Karmana tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, dastur doirasida belgilangan vazifalarning bajarilish holati, amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilganligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari tuman Kengashining vakolatlari doirasida deputatlik nazoratini amalga oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini kuzatib borish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar dastur ijrosining samaradorligini oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4