Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Muqimiy mahallasida bolalar maydonchasi qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘inida (MFY) qurilishi rejalashtirilgan bolalar maydonchasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur maydonchaning barpo etilishi mahalladagi bolalar uchun qulay dam olish muhitini yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ochiq havoda faol shug‘ullanishlari uchun sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi.

️O‘rganish jarayonida obyekt qurilishi belgilangan muddatdan kechikayotgani aniqlandi. Bunga hududda markaziy issiqlik tizimini o‘tkazish ishlari olib borilayotgani sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu ishlarning bolalar maydonchasi qurilishiga ta’siri inobatga olinib, qurilish jarayonini muvofiqlashtirish va ishlarni imkon qadar tezlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holat yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, muhandislik-kommunikatsiya ishlari bilan qurilish jarayonlarini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda obyektni belgilangan talablar asosida barpo etish zarurligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4