Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

10-SONLI DMTT BINOSIDAGI KAMCHILIKLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-93-sonli qarori asosida Ko‘rkam diyor mahallasida ta’mirlangan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT) binosida amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanmaganligi va ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, binoning tom qismiga o‘rnatilgan shiferlarning ayrimlari singanligi sababli yoriqlardan yomg‘ir suvlari sizib kirmoqda. Shuningdek, qorovulxona elektr ta’minotiga ulanmagan hamda kanalizatsiya tizimini o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilmagan.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini sifatli va to‘liq yakunlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7