Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
232-SONLI MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan tumandagi 232-sonli umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, pedagog xodimlar va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda mavjud infratuzilmaning holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Jumladan, quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:
🔹 Ta’lim sifati va o‘quv-tarbiya jarayoni — o‘quvchilar uchun munosib ta’lim muhitini yaratish va ta’lim muassasasida belgilangan tartiblarning bajarilishi;
🔹 Davomat va yoshlar tarbiyasi — o‘quvchilar davomati, sababsiz dars qoldirish holatlarining oldini olish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
🔹 Moddiy-texnik baza va infratuzilma — sinfxonalar, sanitariya-gigiyena sharoitlari, sport zali va sport maydonchalarining holati;
🔹 “Mahalla — maktab — ota-ona” hamkorligi — voyaga yetmaganlar bilan ishlash, yoshlar tarbiyasi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi hamkorlik masalalari.
O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, deputat vakolatlari doirasida takliflar kiritish hamda muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etishga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — ta’lim sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning qonuniy yechimiga ko‘maklashish va ta’lim oluvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlashga hissa qo‘shishdan iborat.

Slide 1 of 2