Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
Davlat tashkilotlarida huquqiy savodxonlik holati o‘rganiladi

Davlat tashkilotlarida huquqiy savodxonlik holati o‘rganiladi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirishga qaratilgan qaror talablarining tumandagi ijrosini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

💎 O‘rganish jarayonida tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
💎 huquqiy o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlarning tashkil etilishi;
💎 xodimlarning huquqiy bilimlarini baholash hamda test sinovlaridan o‘tkazish holati;
💎 LexUZ va boshqa elektron huquqiy resurslardan foydalanish darajasi;
💎 mehnat qonunchiligi, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolar murojaatlari va boshqa huquqiy yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlarning bilimlari;
💎 aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar o‘rganiladi.

📋 Mazkur yo‘nalishda deputatlar tomonidan o‘rganishni tizimli tashkil etish maqsadida maxsus savolnoma ishlab chiqildi.

🌐Savolnoma asosida tashkilotlarning amaldagi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tahlil qilinib, o‘rganish yakunlari yuzasidan tegishli xulosalar shakllantiriladi.

📌 Asosiy maqsad — davlat tashkilotlarida qonuniylikni ta’minlash, xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda qonunchilik talablarining amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash.