Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
BOG‘OT TUMANIDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S. Sapoyev tomonidan Bog‘ot tumanidagi “Gulshan” mahallasida ijtimoiy soha obyektlari va tashkilotlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi maktab va oilaviy poliklinikada bo‘lib, isitish tizimlarining mavsumga shayligi, qozonlarning sozligi, ko‘mir zaxirasi hamda xonalarda bir xil haroratni ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, isitish quvurlarining bino bo‘ylab bir tekis taqsimlangani va maktab derazalarining zamonaviylariga almashtirilgani qayd etildi.

 Oilaviy poliklinikada zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Yangi qurib bitkazilgan poliklinikada yashil energetika, suv ta’minoti va isitish tizimlari zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etilgan. Muassasa yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlanishi aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar va tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishda muhim ahamiyatga ega. 

Slide 1 of 3