Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi G. Allanova tomonidan tumandagi 18-sonli umumta’lim maktabida “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasida xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilishi, ish joylarining xavfsizligi hamda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🗣 Maktab xodimlari bilan ham suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida ularning mehnat faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, mehnat muhofazasi bo‘yicha tushuntirish va yo‘riqnomalar berilishi, ish jarayonida uchrayotgan muammolar hamda mavjud takliflari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

📋 Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish talablariga amal qilish, xodimlarning xavfsiz mehnat faoliyatini ta’minlash va bu boradagi mas’uliyatni oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, ta’lim muassasasi xodimlari uchun xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 1