Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
DO‘STLIK MAHALLASIDA YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA

Aholining kundalik hayotida qulay va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash hamda mahallalarda yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich tartibga keltirish muhim vazifalardan biridir.

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi bosh mutaxassisi D.Tojiqulov tomonidan Do‘stlik MFY Gulobod ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan shag‘al to‘kish va yo‘lni tartibga keltirish ishlari holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chadagi yo‘lning amaldagi holati, shag‘al to‘kish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning belgilangan talablar asosida tashkil etilishi hamda yo‘lning transport vositalari va piyodalar harakati uchun qulayligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yo‘lni tekislash, shag‘alni belgilangan tartibda yoyish va zichlashtirish, ishlarni sifatli amalga oshirish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga taklif kiritildi.

Mazkur ishlarning sifatli yakunlanishi natijasida Gulobod ko‘chasida aholi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganib borilmoqda.

Slide 1 of 2