Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
BEMOR SALOMATLIGI — DOIMIY E’TIBORDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Yoqubov tomonidan Yangiobod tuman tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limida bemorlarni qabul qilish va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘limga murojaat qilayotgan bemorlarni qabul qilish tartibi, shifokorlar tomonidan dastlabki ko‘rik va tibbiy maslahatlar berilishi, zarur hollarda bemorlarni tegishli davolash bo‘limlariga yo‘naltirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, kutish joylari, tibbiy xonalar holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonining tashkil etilishiga e’tibor qaratildi. Bemorlar bilan suhbatlashilib, ularning murojaatlari, takliflari va tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonidagi fikr-mulohazalari tinglandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tibbiyot muassasasi mas’ullari bilan fikr almashilib, bemorlarni qabul qilish jarayonini yanada takomillashtirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2