Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang'och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, qozonxonalarning mavsumga tayyorligi hamda ko‘mir zaxirasi bilan ta’minlanganlik holatiga e’tibor qaratildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ta’lim muassasasida mavjud 3 ta qozonxona kuz-qish mavsumida foydalanish uchun shay holatga keltirilgan. Maktab ehtiyoji uchun jami 50 tonna ko‘mir buyurtma qilingan bo‘lib, hozirgi kunga qadar uning 10 tonnasi yetkazib berilgan va zaxiraga jamg‘arilgan.

O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — sovuq mavsumda maktabda barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun qulay sharoit yaratish va ta’lim muassasasining mavsumga tayyorgarligini nazorat qilishdan iborat.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6