Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
YER — BANDLIK VA DAROMAD MANBAI

YER — BANDLIK VA DAROMAD MANBAI

Uychi tumanida aholi bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida yer maydonlaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan fuqarolarga ijara asosida jami 11 788 ta lotda 1748 gektar yer maydoni ajratilgan. Mazkur yer maydonlaridan samarali foydalanish orqali aholining o‘zini o‘zi band qilishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishi va oilaviy daromadlarini oshirishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bunga Ovchibuloq MFYda yashovchi Rustamjon Umarovning faoliyatini misol sifatida keltirish mumkin. U PQ-373-sonli qaror asosida 20 sotix yer maydonini ijaraga olib, undan samarali foydalanib kelmoqda.

Rustamjon Umarov ajratilgan yer maydonida asosan oshko‘k, ukrop va petrushka kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib, bir yilda uch martagacha hosil olish imkoniyatidan samarali foydalanmoqda. Yer maydonidan unumli foydalanish natijasida uning oila a’zolaridan 4 nafarining doimiy bandligi ta’minlangan. Yetishtirilgan mahsulotlarni sotish orqali oilaviy daromad shakllantirilib, xonadonning iqtisodiy imkoniyatlari kengaymoqda.

Rustamjon Umarovning faoliyati aholiga ajratilayotgan yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish, yangi daromad manbalarini yaratish hamda oila a’zolarining bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijasini ko‘rsatib beradi.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilmoqda.
 

Slide 1 of 1