Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Kengashning VII-21-16-5-76-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan Aytim mahallasidagi ko‘p qavatli uylar yonida bolalar maydonchasini tashkil etish va qurilish ishlarining borishi o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda bolalar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz o‘yin maydonchasini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qurilish jarayonining borishi hamda belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Bolalar maydonchalarini tashkil etish aholi, ayniqsa, yosh bolali oilalar uchun qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday maskanlar bolalarning ochiq havoda mazmunli vaqt o‘tkazishi, tengdoshlari bilan muloqot qilishi, jismoniy faolligini oshirishi hamda sog‘lom turmush tarziga odatlanishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, bolalar uchun xavfsiz va shinam muhit yaratish, mahallalarda aholi turmush sifatini yaxshilash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Mazkur o‘rganish Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash, amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini nazorat qilish hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar sifatini baholash maqsadida olib borildi.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va mavjud masalalar yuzasidan deputatlik nazoratini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 3