Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.

Uchrashuvda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish, ularni xolis va har tomonlama o‘rganish, qonuniy yechim topish hamda ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va murojaatchilarga asoslantirilgan javob berish muhimligi ta’kidlandi.

Yakunida mahalla xodimlariga murojaatlarni nazoratsiz qoldirmaslik, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va har bir fuqaroning muammosiga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 3