Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #Murojaat_va_ijro #Madad_NNT

📍 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi hamda "Madad" nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘linmasi hamkorligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida o‘rganish va ularga huquqiy yechim topish bo‘yicha amaliy amaliy tadbir o‘tkazildi.

🔍 Tadbir va o‘rganish tafsilotlari:

⚖️ Qonun targ‘iboti: O‘rganishlar davomida 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445-son) mazmun-mohiyati hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

👥 Mas’ullar va ishchi guruh: Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 3-“Mustaqillik” saylov okrugidan saylangan deputat Turopova Dilbar Toji qizi "Madad" NNT bosh mutaxassisi N.Kenjayev ishtirok etdilar.

📋 Tahlil va ijro nazorati: Ishchi guruh tomonidan fuqarolar murojaatlarining mazmuni atroflicha tahlil qilinib, ularni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq sifatli ko‘rib chiqish, o‘z vaqtida hal etish hamda ijrosini qat’iy ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

⚙️ Kutilayotgan natija: Kelib tushgan har bir murojaat bo‘yicha fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlarini yuborish belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 2