Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#Biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #Deputat_nazorati

Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Yoqubov Ibroxim Allanazarovich, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri M. Xujanov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqovlar tomonidan tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Davlat xizmatlari sifati: FHDYO bo‘limiga tashrif buyurayotgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi, navbatlarni tartibga solish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining tezkorligi;

Murojaatlar ijrosi: Aholi tomonidan takroran yoki joyida berilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi;

Savolnoma va nazorat: Belgilangan savolnoma asosida bo‘lim xodimlarining fuqarolar bilan muloqot madaniyati hamda sohaviy qonun hujjatlari ijrosining ta’minlanish darajasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolari va takliflari tinglandi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4