Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kengash raisi D.Karimova, doimiy komissiya a’zolari hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doimiy komissiya tomonidan o‘rganish natijalari hamda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, doimiy komissiya tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda qonun ijrosini samarali ta’minlash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida bolalar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish va belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish yuzasidan tegishli vazifalar yuklandi.

Slide 1 of 4