Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
MAHALLA KUTUBXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining bo‘shab qolgan “12-Bog‘ishamol” saylov okrugiga qarashli “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyev tomonidan mahalla hududida faoliyat yuritayotgan kutubxonaning faoliyati va undagi sharoitlar o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud kitob fondi, badiiy va ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud mebel va jihozlarning holati ko‘zdan kechirildi.

🔹 O‘rganish natijasida kutubxonadagi badiiy adabiyotlar, ayniqsa, yangi nashrlar hamda bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan kitoblar yetarli emasligi aniqlandi. Shuningdek, kitobxonlarning mazmunli vaqt o‘tkazishi va mutolaa qilishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud jihozlar bugungi talab darajasida emasligi qayd etildi.

📌 Shu bilan birga, kutubxona faoliyatini yanada jonlantirish, kitob fondini zamonaviy va mazmunan boy adabiyotlar bilan to‘ldirish, kitobxonlar uchun qulay va shinam muhit yaratish, mavjud jihozlarni yangilash hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning kutubxonaga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4