Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
AGROLOGISTIKA MARKAZI: QURILISH SIFATI VA MEHNAT XAVFSIZLIGI NAZORATDA

 AGROLOGISTIKA MARKAZI: QURILISH SIFATI VA MEHNAT XAVFSIZLIGI NAZORATDA 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ–132-son
qarori ijrosini ta’minlash doirasida Quva tumani Mustaqillik mahallasi hududida
barpo etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish va taqsimlash
agrologistika markazida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati
tartibida o‘rganilmoqda.
 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, Kengash
deputatlari Sh.Jo‘rayev, M.Sayfidinov va A.Mo‘minov, Kengash huzuridagi Ekspert
maslahat guruhi raisi o‘rinbosari B.Abdurahimov, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi
M.To‘xtasinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilovdan iborat ishchi
guruhi tomonidan loyiha doirasida “ENERGY-LAND” qo‘shma korxona shaklidagi
MChJda tashkil etilgan qurilish materiallarini tayyorlash va ularga ishlov
berish sexi faoliyati o‘rganildi.
 

Mazkur sexda metall armaturalarga ishlov berish, shuningdek, beton lotok
ariqlar uchun armaturali karkaslar tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu konstruksiyalar qurilish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni
belgilangan texnik talablar asosida tayyorlash sifatli va mustahkam qurilish
ishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
 

O‘rganish jarayonida sexda mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya
etish, ish jarayonida xavfsiz sharoitlarni ta’minlash hamda sifatli qurilish
materiallari va konstruksiyalarini tayyorlash yuzasidan tegishli tavsiyalar
berildi.
  

Slide 1 of 4