Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
Mahallada tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat M.Azimov saylangan “Urg‘anjibog‘” saylov okrugi hududidagi “Sumbula” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, hokim yordamchisi S.Rahmonaliyev ko‘magida fuqaro U.Abdullayevga oshxona va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 10 million so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan.

Ayni paytda fuqaro U.Abdullayev tomonidan Mirzo Xo‘qandiy ko‘chasi, 17-uyda oshxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib, xizmat ko‘rsatish ishlari boshlangan. Ushbu tashabbus mahallada tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

O‘rganish davomida fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish hamda mahallada yangi faoliyat turlarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4