Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot

Bandixon tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Bandixon tumanida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish va oilaviy tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-“Birdamlik” saylov okrugi deputat B.Rajabov okrugiga qarashli Birdamlik” mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tashrif buyurib,, xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya hamda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rgandi.

Tashrif davomida muassasaning birinchi qavatida mahalla xotin-qizlari uchun maxsus tashkil etilgan tikuvchilik ustaxonasi ko‘zdan kechirildi. Zamonaviy tikuv uskunalari bilan jihozlangan mazkur maskanda ayollarning kasbiy ko‘nikmalarni egallashi va mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun barcha qulayliklar yaratilgani qayd etildi.

Monitoring yakunida o‘quv kurslari ko‘lamini kengaytirish, yangi yo‘nalishdagi kasbiy to‘garaklarni yo‘lga qo‘yish hamda mahalladagi uyushmagan va ehtiyojmand xotin-qizlarni mazkur jarayonlarga ko‘proq qamrab olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1