Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Deputat so‘rovi amalda: Bog‘cha yoshidagi bolalar xavfsizligi ta’minlandi

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati H.Qudratov tomonidan hududdagi muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar va yosh avlod xavfsizligini ta’minlash maqsadida Yangiobod tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Ushbu so‘rovda "Do‘stlik" MFY, Pastkichaqir qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 25V 026-sonli “Pastkichaqir q. – Balandchaqir q. – Xo‘jamushkent q.” avtomobil yo‘lining 1–2-kilometri oralig‘ida joylashgan 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti oldidagi yo‘l qismida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi ko‘tarilgan.

Murojaat asosida tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi va qisqa fursatda amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, hududda quyidagi ishlar bajarildi: — Transport vositalarining harakat tezligini majburiy kamaytirish va xavfni bartaraf etish maqsadida sun’iy yo‘l notekisligi o‘rnatildi; — Haydovchilar e’tiborini jalb qilish uchun 5.48 "Baland piyodalar o‘tish joyi" yo‘l belgisi o‘rnatildi; — Piyodalar harakatlanishi uchun 1.14.1 va 1.14.2 "Piyodalar o‘tish joyi" yo‘l chiziqlari chizildi.

Amalga oshirilgan ushbu ishlar transport vositalari harakatini tartibga solish bilan birga, eng muhimi — bog‘cha tarbiyalanuvchilarining maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashidagi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi

Slide 1 of 3