Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
FHDYO XIZMATLARI — FUQAROLARNING MUHIM HUQUQIY MASALALARIGA XIZMAT QILADI

Fuqarolarning tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, farzandlikka olish, ism-familiya o‘zgarishi va boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanishi hayotidagi muhim huquqiy jarayonlardan biridir. Shu bois FHDYO organlarida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan tuman FHDYO organi faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, hujjatlarni rasmiylashtirish, ma’lumotlarni elektron tizimlarga kiritish hamda aholiga zarur huquqiy tushuntirishlar berish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmatlardan foydalanishda qulayliklar, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va xizmat ko‘rsatish madaniyati masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida FHDYO xizmatlarining sifatini yanada oshirish, fuqarolar murojaatlarini e’tibor bilan ko‘rib chiqish, hujjatlarni belgilangan tartib va muddatlarda rasmiylashtirish hamda aholiga huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2