Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Sherqadam ko‘chasi 50-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro I.Rasulova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy sharoiti va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

️Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro hozirda bola parvarishi bilan band bo‘lib, oilaga bolalar nafaqasi tayinlangan. Shuningdek, oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher ajratilib, undan oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun foydalanilgan.

O‘rganish davomida xonadonga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar holati ko‘zdan kechirilib, oilaning mavjud ehtiyojlari ham o‘rganildi. Deputat tomonidan xonadon holati nazoratga olinib, kelgusida zarur ko‘mak ko‘rsatish masalalari e’tiborda bo‘lishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4